add

O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida 53-o‘rinni egalladi

Kecha 09:415921

World Happiness Report 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng baxtli mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida 53-o‘rinni egalladi

Jahon baxt indeksini o‘lchovchi World Happiness Report 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyo bo‘yicha 53-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa mamlakat Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

Hisobotda Qozog‘iston 43-o‘rin bilan mintaqada yetakchilik qilgan, O‘zbekiston 53-o‘rinda, Qirg‘iziston 75-o‘rinda, Tojikiston esa 90-o‘rinda joy olgan. Turkmaniston ma’lumotlar yetarli bo‘lmagani sababli baholashga kiritilmagan.

Hisobotda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy farqlar bo‘lishiga qaramasdan, jahondagi eng hamjihat va yordamsevar mintaqalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Mualliflarning ta’kidlashicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston aholisi o‘zaro ishonch, birdamlik va mehr-oqibat bilan ajralib turadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mintaqadagi xayrixohlik indeksi o‘rtacha 0,30–0,36 orasida bo‘lib, jahon miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkich — 0,33 ballni tashkil etadi. Bu Markaziy Osiyoda oilaviy qadriyatlar, o‘zaro yordam va jamoaviy hayotda faol ishtirok etish kabi an’analar hanuz kuchli ekanini ko‘rsatadi.

World Happiness Report xalqaro hisoboti har yili BMTning Tiklanish dasturi va Sustainable Development Solutions Network tashkilotlari hamkorligida tayyorlanadi. Unda mamlakatlar aholisining turmush darajasi, iqtisodiy imkoniyatlari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishonch ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida 53-o‘rinni egalladi | Vaqt.uz