add

O‘zbekiston Fransiyaning Natixis banki bilan samolyot va poyezdlar parkini yangilaydi

13.06.2025 | 09:0040923

Transport vazirligi va fransuz banki Natixis aviatsiya hamda temiryo‘l tizimini modernizatsiya qilish maqsadida hamkorlik qilish niyatida. Yaqin yillarda yangi samolyot va poyezdlar sotib olinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Fransiyaning Natixis banki bilan samolyot va poyezdlar parkini yangilaydi
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va Fransiyaning yetakchi korporativ-investitsiya banki Natixis rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mamlakatning aviatsiya va temiryo‘l sohasini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuvda Natixis bosh ijrochi direktori Muhammad Kallala va Markaziy Osiyo bo‘yicha operatsion direktor Aleksandr Zaxarchenko ishtirok etdi. Asosiy e’tibor transport parklarini yangilash — xususan, zamonaviy samolyotlar va poyezdlarni xarid qilish masalasiga qaratildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda Natixis bankining imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, Qanot Sharq va Silk Avia aviakompaniyalari faoliyati, ularning kelgusidagi rivojlanish rejalari taqdim etildi. Temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususan, yuqori tezlikdagi va shahar atrofi qatnovlari uchun poyezdlar joriy etish loyihalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, Natixis — 2006 yilda tashkil etilgan va hozirda Fransiyaning BPCE moliyaviy guruhi tarkibiga kiradigan yetakchi banklardan biri hisoblanadi. U investitsiya va tijorat sohalarida keng xizmat turlarini taklif etadi. O‘zbekiston tomoni ushbu hamkorlikni transport sohasini tubdan yangilash va zamonaviy standartlarga moslashtirish uchun muhim qadam sifatida ko‘rmoqda.

Teglar

Mavzuga oid