add

O‘zbekiston gaz uchun subsidiyalarni 2028 yilgacha saqlab qoladi

08.08.2025 | 20:2040812

Hukumat avvalgi rejalarga qaramay, kelasi uch yilda ham gaz narxlariga subsidiya ajratishni davom ettiradi.

O‘zbekiston gaz uchun subsidiyalarni 2028 yilgacha saqlab qoladi
O‘zbekiston hukumati ichki bozorda gaz narxlarini mo‘’tadillashtirish maqsadida 2028 yilgacha subsidiyalarni saqlab qolish niyatida. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Fiskal strategiyada bayon etilgan. Strategiyaga ko‘ra, joriy yilda gazning bozor qiymati va uning ichki bozordagi chakana narxlari o‘rtasidagi tafovutni qoplash uchun davlat byudjetidan 7 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan. 2026 yilda ushbu maqsadlar uchun 5,9 trillion so‘m (dastlab rejalashtirilgan 4,5 trillion so‘m o‘rniga), 2027 yilda 5,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Qizig‘i shundaki, 2023 yil dekabrida Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov subsidiyalar 2028 yildan to‘xtatilishini ma’lum qilgan edi. Biroq yangi strategiya 2028 yilda ham 5 trln so‘m miqdorida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi. Shu bilan birga, avval iqtisodiy xarajatlar sifatida baholangan gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotiga sarflar endilikda «ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar» toifasiga kiritildi.

Teglar

Mavzuga oid