add

O‘zbekiston Gruziyaga «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘liga qo‘shilishni taklif qildi

24.07.2025 | 19:2045263

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Gruziyani «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasida ishtirok etishga chaqirdi.

O‘zbekiston Gruziyaga «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘liga qo‘shilishni taklif qildi
2025 yil 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Xabar qilinishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar avtomobil va temir yo‘l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan asosiy takliflardan biri — «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasida Gruziyaning ham ishtirok etish imkoniyatini o‘rganish bo‘lgan. Ilhom Maxkamov bu temir yo‘lning nafaqat Markaziy Osiyo, balki xalqaro miqyosdagi logistika tizimi — xususan, O‘rta yo‘lak orqali Yevropa bilan bog‘lanishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Bundan tashqari, uchrashuv davomida sayyohlik sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalasi ham ko‘tarilgan. Xususan, ikki davlatning sayyohlik shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish yuzasidan fikr almashilgan.

Teglar

Mavzuga oid