add

O‘zbekiston importida Xitoy va Rossiya yetakchi o‘rinda

06.10.2025 | 15:2010392

2025 yilning dastlabki 8 oyida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 28,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,8 foiz ko‘pdir.

O‘zbekiston importida Xitoy va Rossiya yetakchi o‘rinda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat joriy yil yanvar–avgust oylarida 170 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. Asosiy savdo sheriklari orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Xitoydan import hajmi 8,5 mlrd dollarga yetgan bo‘lsa, Rossiyadan 5,4 mlrd dollarlik mahsulot kiritilgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (2,1 mlrd), Turkiya (1,2 mlrd) va Koreya Respublikasi (1,1 mlrd) joy olgan. Shuningdek, Germaniyadan 774 mln, Hindistondan 734,3 mln, Turkmanistondan 581,6 mln, Belarusdan 478,5 mln va AQSHdan 416,3 mln dollarlik import amalga oshirilgan. Qolgan davlatlar hissasi esa jami 7,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Umuman olganda, ma’lumotlar O‘zbekiston tashqi savdosidagi faol import jarayonlari hajmi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Avvalroq joriy yiling 8 oyida O‘zbekistonga kartoshka importida Pokiston yetakchilik qilayotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid