add

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz 25 davlatlar qatoriga kiritildi

17.07.2025 | 11:1525443

Numbeo portali e’lon qilgan 2025 yilgi xavfsizlik indeksida O‘zbekiston 25-o‘rinni egalladi. Ushbu reyting dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali tuzilgan bo‘lib, fuqarolarning shaxsiy xavfsizlikka bo‘lgan sub’ektiv hissi asosida baholanadi.

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz 25 davlatlar qatoriga kiritildi
Yillik reytingda Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya kabi yirik davlatlardan farqli o‘laroq, jinoyatchilik darajasi past, ijtimoiy barqarorlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonch yuqori bo‘lgan davlatlar yuqori pog‘onalardan joy olgan. Birlashgan Arab Amirliklari eng xavfsiz davlat sifatida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Andorra va Qatar egalladi. O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkichlar asosida 25-o‘rinni band qildi. Qo‘shni davlatlardan Ozarboyjon 35-o‘rin, Rossiya 52-o‘rin, Qozog‘iston 73-o‘rin, Ukraina 81-o‘rin, Qirg‘iziston esa 101-o‘rinda qayd etilgan. Shu bilan birga, Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan. Eng xavfli davlatlar ro‘yxatida esa Haiti birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Papua – Yangi Gvineya, Venesuela, Afg‘oniston, Janubiy Afrika, Honduras, Trinidad va Tobago, Suriya, Yamayka va Peru qayd etilgan. Tadqiqotda Numbeo foydalanuvchilarining jinoyatchilik, kunduz va tungi xavfsizlik, o‘g‘irlik, tajovuz, irqiy yoki diniy zo‘ravonlik xavfi kabi ko‘rsatkichlarga bergan baholari asos qilib olingan. Reyting rasmiy statistik ma’lumotlarga emas, balki shaxsiy idrokqa asoslangan so‘rov natijalariga suyangan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz 25 davlatlar qatoriga kiritildi | Vaqt.uz