add

O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z parom quvvatlarini yaratmoqchi

22.08.2025 | 19:0047503

Loyiha O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarboyjon rahbarlarining uchrashuvida muhokama qilindi.

O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z parom quvvatlarini yaratmoqchi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuklarni tashish uchun o‘z parom quvvatlarini yaratishdan manfaatdor. Bu haqda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvida ma’lum qilindi. Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik hududida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. O‘zbekiston rahbarining ta’kidlashicha, bunday chora asosiy bozorlarga yanada qulay va qisqa yo‘l bilan chiqish imkonini beradi, shuningdek, mintaqaning tranzit salohiyati samaradorligini oshiradi. Energetika xavfsizligini ta’minlash maqsadida kooperatsiyani chuqurlashtirish va energiya resurslarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish yo‘laklarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi. «Bu borada Yevropaga "yashil" energiya yetkazib berishni tashkil etish loyihasi istiqbolli ekani ta’kidlandi. An’anaviy uglevodorodlar borasida Kaspiy shelfida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va konlarni o‘zlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollarini o‘rganish taklif etildi», - deydi uchrashuv haqida xabar bergan prezident matbuot xizmati. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Kaspiyda o‘z parom quvvatlariga ega bo‘lishi mamlakatning transport mustaqilligini mustahkamlaydi, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaydi va geosiyosiy nufuzini oshiradi. Xususan, Kaspiy dengizi orqali o‘z parom quvvatlarini yaratish orqali O‘zbekiston Yevropaga, Kavkazga va Yaqin Sharq bozorlariga qisqa va qulay yo‘l bilan yetib borishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid