add

O‘zbekiston limon eksport qilishda Rossiyani asosiy bozorga aylantirdi

2025 yilning yanvar–aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga 2,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 ming tonna limon eksport qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat limon eksportida eng ko‘p ulushni Rossiya bozori egalladi.

O‘zbekiston limon eksport qilishda Rossiyani asosiy bozorga aylantirdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga 964 tonna limon yetkazib berilgan bo‘lib, bu jami eksport hajmining qariyb 70 foizini tashkil etadi. Bu holat Rossiya iste’mol bozorida O‘zbekiston limoniga bo‘lgan talab yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonga 339 tonna, Qirg‘iz Respublikasiga esa 56 tonna limon eksport qilindi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan sitrus mevalar eksportini diversifikatsiya qilish va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatda limon yetishtirish hajmi ortishi bilan birga, eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston limon eksport qilishda Rossiyani asosiy bozorga aylantirdi | Vaqt.uz