add

O‘zbekiston mevalari uchun Misr bozori ochildi

Endilikda O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘rik, olxo‘ri, nektarin, shuningdek, po‘sti olinmagan yong‘oq va bodom Misrga eksport qilinishi mumkin. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston mevalari uchun Misr bozori ochildi
Agentlik Misr tomoni bilan muzokaralar olib borib, ushbu mahsulotlar bo‘yicha fitosanitar ruxsatlar oldi. Jo‘natmalar karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekani tasdiqlangandan so‘ng ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Xalqaro talablarga ko‘ra, har bir partiya ISPM №7 va ISPM №12 standartlariga muvofiq fitosanitariya sertifikati bilan rasmiylashtiriladi. Misr — 110 milliondan ortiq aholiga ega Afrika va Yaqin Sharqning eng yirik iste’mol bozorlaridan biri. Bu mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlariga yil bo‘yi talab yuqori bo‘lib, har yili yuz minglab tonna yangi mahsulotlar import qilinadi. Hozirda O‘zbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uchun ruxsatlar mavjud. Yangi turdagi mahsulotlarga ruxsat olinishi eksport geografiyasini kengaytirish, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga chiqish hamda mavsumiy sotuv davrini uzaytirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid