O‘zbekiston oliygohlaridagi kontraktlar miqdori va uni to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati
17.09.2025 | 19:20288610
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:
Foto: Edu.uz[/caption]
2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt narxlari o‘zgarishsiz, ya’ni o‘tgan o‘quv yilidagidek qiymatda qoldi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda kontrakt narxlari yo‘nalishlar kesimida narxlar sezilarli farq qiladi. Eng arzon yo‘nalishlar pedagogika, humanitar fanlar, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy ta’minot, sport faoliyati, kabi yo‘nalishlar bo‘lib, kunduzgi bakalavriatda kontrakt miqdori 7,4 million so‘m qilib belgilangan.
Eng yuqori to‘lov esa san’at, arxitektura, qurilish, iqtisod va huquq kabi yo‘nalishlarda kuzatiladi. Masalan, san’at sohasida kunduzgi ta’lim — 8,9 mln, huquq — 11,25 mln, iqtisod esa 10,25 mln so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, filologiya, kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya, arxitektura kabi yo‘nalishlarda narxlar o‘rtacha 8–8,5 mln so‘m atrofida shakllangan.
Sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim shakllarida kontrakt miqdori kunduzgidan o‘rtacha 1–1,5 mln so‘m yuqori belgilangan bo‘lsa, ikkinchi mutaxassislik narxlari ba’zi hollarda kunduzgi shakldan 2–3 mln so‘mgacha qimmat tushadi.
Magistratura uchun kontrakt miqdori ko‘pincha ikkinchi mutaxassislik kunduzgi narxlari bilan bir xil darajada belgilangan. Masalan, iqtisod va huquq yo‘nalishida 12,8 mln so‘mgacha chiqadi.
Umuman olganda, davlat ijtimoiy sohalarni arzonlashtirilgan kontrakt to‘lovlari orqali qo‘llab-quvvatlamoqda, texnik va xizmat yo‘nalishlarida o‘rtacha narxni belgilagan, yuqori daromad keltiruvchi sohalar esa qimmatroq qilib baholangan.
Xususiy universitetlarda kontrakt narxlari qancha?
Xususiy universitetlarda kontrakt narxlari turli xil omillarga qarab farqlanadi va aniq bir diapazonda emas, balki juda keng ko‘lamda belgilanadi.
Masalan, tibbiyot yo‘nalishlari eng qimmat hisoblanib, ayrim universitetlarda yillik to‘lov 25 mln so‘mdan 62,5 mln so‘mgacha yetadi. Bunday narxlar Akfa, Yevropa Tibbiyot universiteti yoki boshqa shunga o‘xshash oliygohlarda kuzatiladi.
Texnik yo‘nalishlar ham yuqori narxlarda bo‘lib, masalan Turin Politexnika universitetida muhandislik kabi texnik sohalarda semestr uchun 17 mln, yiliga esa taxminan 34 mln so‘m atrofida belgilangan.
Xalqaro universitetlarda narxlar bundan ham yuqoriroq. Masalan, Webster Unversity Toshkent filialida yillik kontrakt miqdori 50 mln so‘mdan oshadi. Ba’zi universitetlarda, ayniqsa, yangi yoki hududiy joylashganlari, nisbatan arzonroq variantlar taklif qilib, 14–20 mln so‘mlik kontrakt narxlari bilan talabalarni qabul qilmoqda.
Xullas, O‘zbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari o‘rtacha 14 million so‘mdan boshlanib, 60 million so‘mgacha boradi, yo‘nalish va universitet nufuziga qarab narx o‘zgaradi, ayniqsa tibbiyot va xalqaro diplomli universitetlar eng yuqori to‘lovlarni belgilagan.
Barcha davlat va xususiy oily ta’lim muassasalardagi narxlarni mentalaba.uz saytidan bilib olish mumkin.
Mehrinoz Farmonova tayyorladi.
- to‘lov miqdorining kamida 25 foizinitalabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
- to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
- xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga («super-kontrakt») o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan va qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.