add

O‘zbekiston Osiyodagi eng qimmat milliy jamoa deb e’lon qilindi

19.07.2025 | 15:0234963

Transfermarkt portali 2025 yil iyuli holatiga ko‘ra Osiyodagi eng qimmat terma jamoalar reytingida O‘zbekiston milliy jamoasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Uning umumiy bahosi 69,58 mln yevroga yetdi.

O‘zbekiston Osiyodagi eng qimmat milliy jamoa deb e’lon qilindi
Futbol bo‘yicha nufuzli Transfermarkt portali Osiyo terma jamoalarining transfer qiymati bo‘yicha yangilangan reytingi e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 69,58 mln yevro bahosi bilan qit’adagi eng qimmat jamoa deb topildi. Bu ko‘rsatkichga O‘zbekiston futbolchilarining Yevropa, BAA va Saudiya Arabistoni chempionatlaridagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab bo‘lgan. Xususan, xorijdagi futbolchilarning bozor qiymati sezilarli darajada o‘sgani jamoa umumiy bahosini oshirishga xizmat qildi. Ikkinchi o‘rinni 50,90 mln yevro ko‘rsatkichi bilan BAA terma jamoasi egallagan. Uchinchi pog‘onani esa Avstraliya egallab, uning futbolchilari jami 36,13 mln yevroga baholangan. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Indoneziya (34,90 mln yevro) va Eron (30,95 mln yevro) joylashgan. Yaponiya (26,13 mln) va Saudiya Arabistoni (25,20 mln) esa yettilikni yakunlamoqda. Qatar 23,98 mln yevro bilan sakkizinchi, Janubiy Koreya (18,08 mln), Iroq (15,95 mln) va Iordaniya (15,78 mln) esa birinchi o‘nlikni to‘ldiradi. Reytingda keyingi o‘rinlarni Falastin (12,78 mln), Xitoy (12,63 mln), Suriya (12,55 mln) va Malayziya (11,55 mln) kabi jamoalar egallagan. Ular Osiyoning eng qimmat 15 terma jamoasi qatoridan joy olgan. Qolgan o‘nta jamoa orasida esa Ummon, Bahrayn, Bangladesh, Tojikiston va Hindiston kabi mamlakatlar bor. bugungi kunda Osiyo futboli jadal rivojlanmoqda va futbolchilarning bozordagi qiymati jamoalar darajasi hamda istiqbolini belgilab beradigan muhim ko‘rsatkichga aylangan.

Teglar

Mavzuga oid