add

O‘zbekiston pasportlar reytingida 6 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

23.07.2025 | 18:408782

Henley Passport Index’ning navbatdagi global tahlilida O‘zbekiston 74-o‘rinni egallab, vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar soni bo‘yicha natijasini yaxshiladi.

O‘zbekiston pasportlar reytingida 6 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi
2025 yilgi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 62 davlatga vizasiz safar qilish imkoniga ega. Bu ko‘rsatkich 2024 yilda qayd etilgan 80-o‘ringa nisbatan 6 pog‘ona yaxshilanganini anglatadi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 63-o‘rin (79 davlat), Qirg‘iziston 73-o‘rin (63 davlat), Tojikiston 80-o‘rin (56 davlat) va Turkmaniston 85-o‘rin (49 davlat) bilan ishtirok etgan. Jahon pasportlarining eng kuchlilari qatoridan Singapur (193 davlat), Yaponiya va Janubiy Koreya joy olgan. Ularning fuqarolari dunyoning deyarli barcha mamlakatiga vizasiz borishi mumkin. Rossiya va Turkiya bu yilgi reytingda 46-o‘rinni egallab, fuqarolariga 114 mamlakatda vizasiz safar imkonini bermoqda. Ro‘yxatning eng oxirgi o‘rinlarini Afg‘oniston, Suriya va Iroq egallagan bo‘lib, ularning fuqarolariga vizasiz safar uchun cheklangan imkoniyat mavjud.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston pasportlar reytingida 6 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi | Vaqt.uz