
O‘zbekiston tarixda ilk bor investitsiya jalb qilishda Qozog‘istondan o‘zib ketdi
24.06.2025 | 21:0019492
2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha yetakchiga aylandi. 30 yillik hukmronlikka ega Qozog‘iston bu safar reytingda oxirgi o‘rinni egalladi.

BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi $2,8 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatga Markaziy Osiyodagi yetakchilikni olib keldi. Qozog‘iston esa so‘nggi 30 yilda birinchi marta manfiy investitsiya saldosini qayd etdi — $2,55 mlrd.
Turkmaniston $1,6 mlrd bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, undan keyin Qirg‘iziston ($705 mln) va Tojikiston ($291 mln) joylashdi. Shu bilan Qozog‘iston investitsiya oqimi bo‘yicha mintaqada eng past ko‘rsatkichni qayd etgan davlatga aylandi.





