O‘zbekiston tashqi qarzining o‘sish sur’ati bo‘yicha mintaqada yetakchilik qilmoqda
03.10.2025 | 15:4018852
1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi bir yilda 15,6 mlrd dollarga ko‘payib, 72,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Markaziy bank hisobotlariga ko‘ra, tashqi qarzning 36,8 mlrd dollari davlat qarzi, 35,4 mlrd dollari esa korporativ qarz hisobiga to‘g‘ri keladi. 2020 yil bilan taqqoslaganda davlat tashqi qarzi 72 foizga, korporativ qarz esa 2,8 barobarga ko‘paygan.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev fikricha, O‘zbekiston yalpi tashqi qarz o‘sish sur’ati bo‘yicha mintaqada yetakchilik qilmoqda. 2020 yildan beri mamlakat tashqi qarzi 2,1 barobarga oshgan.
Qiyoslash uchun, shu davrda Qirg‘iziston tashqi qarzi 42,3 foizga, Qozog‘istonniki 5,4 foizga, Tojikistonniki esa 6 foizga o‘sgan. Nominal hajm bo‘yicha esa Qozog‘iston yetakchi — 2025 yil 1 iyul holatiga undagi yalpi tashqi qarz 172,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, tashqi qarz dinamikasi mamlakat iqtisodiy siyosatining samaradorligi va tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish yo‘nalishlariga bog‘liq. Shu bois, tashqi qarzning o‘sishi iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etadi.