add

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi

05.09.2025 | 16:3015023

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi belgilandi.

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi
O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, jamoa 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvay terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillarda kuchli raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish orqali tajriba to‘plash va tarkibni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilmoqda. Urugvay bilan bahs ham ana shu rejaning bir qismi sifatida belgilangan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Urugvay jamoalari ilk bor 2018 yilda Montovideoda uchrashib, o‘yin 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan edi. O‘sha bahsda O‘zbekistonni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Timur Kapadze boshqargan. Ikkinchi to‘qnashuv 2019 yilda Xitoyda o‘tkazilgan «China Cup» turnirida bo‘lib, o‘sha safar ham o‘yin 3:0 hisobida urugvayliklar g‘alabasi bilan yakunlangan. Bu safargi bahs milliy jamoa uchun nafaqat yangi tajriba, balki jahon darajasidagi raqibga qarshi kuch sinovi bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mashhur murabbiy Paulu Bentu, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganiga qaramay, uni boshqarishdan voz kechganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid