add

O‘zbekiston va AQSH fuqarolar va biznes uchun vizalarni soddalashtirishni muhokama qiladi

Boeing 787−9 Dreamliner samolyotlari yetkazib berilishi ortidan O‘zbekistondan AQSH shaharlariga parvozlar kengayadi, vizalar soddalashtirilib, turizm va biznes rivojlantiriladi.

O‘zbekiston va AQSH fuqarolar va biznes uchun vizalarni soddalashtirishni muhokama qiladi

 

O‘zbekiston va AQSH o‘zaro viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.uz. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Choriyevning aytishicha, Uzbekistan Airways bilan Boeing o‘rtasida tuzilgan 22 ta 787−9 Dreamliner samolyotini xarid qilishga oid shartnoma AQSH shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar sonini oshirishga yo‘l ochadi. Shu orqali uzoq masofali yo‘nalishlar geografiyasi yanada kengayadi, ayniqsa Amerika bozorida.

Transport vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, viza bekor qilinishi va yangi aviaqatnovlar ishga tushishi turizm sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Yaqinda qabul qilingan qarorga muvofiq, 2026 yil 1-yanvardan AQSH fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi», — dedi Choriyev.

Ma’lumot uchun, may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish taklifini bergan. Bunga javob tariqasida, AQSH tomonidan ham o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini yengillashtirish kutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Komil Allamjonovga ko‘ra, oktabrda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH Davlat departamenti vakili Kristofer Landau va Janubiy hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil Serjio Gor vizalar masalasini ko‘targan. Ular B1/B2 vizalarini 10 yilgacha uzaytirishni taklif etgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va AQSH fuqarolar va biznes uchun vizalarni soddalashtirishni muhokama qiladi | Vaqt.uz