add

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya shartnomasi tasdiqlandi

10.07.2025 | 11:2038413

O‘zbekiston Prezidenti Fransiya bilan readmissiya bo‘yicha ikki tomonlama shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu kelishuv qonunbuzarlik asosida chet davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarni qaytarish tartibini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya shartnomasi tasdiqlandi
8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan readmissiya shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Hujjat 2024 yil 12 mart kuni Parijda O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi. Readmissiya — bu bir davlat hududiga noqonuniy ravishda kirgan yoki qonuniy bo‘lmagan holda yashab turgan shaxslarni mazkur davlatning vakolatli organlari tomonidan kelishuv asosida kelib chiqqan mamlakatiga qaytarish tartibi hisoblanadi. Bu jarayon deportatsiya va ekstraditsiyadan farq qiladi. O‘zbekiston avval ham Chexiya, Estoniya, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlar bilan shunga o‘xshash kelishuvlar imzolagan. 2024 yilda Germaniya bilan ham shunga o‘xshash shartnoma tayyorlanayotgani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, 1 sentyabrdan boshlab, readmissiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari uchun ikki yil davomida xorijiy pasport berish cheklanishi belgilangan. Bu o‘z navbatida noqonuniy migratsiyani kamaytirish va tartibni mustahkamlashga qaratilgan chora hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid