add

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

26.08.2025 | 15:503425

Samarqandda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimiz sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
Kongress markazida xorijiy bozor talablariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlar taqdim etildi. Tadbirda tog‘-kon, farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari sohalaridagi ishlanmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va innovatsiyalarga oid ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazmada tayyor sanoat mahsulotlari — dori vositalari, tibbiy asboblar, mineral o‘g‘itlar, trikotaj va zargarlik buyumlari, hunarmandchilik namunalari hamda IT yechimlari namoyish qilindi. Davlat rahbarlari korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish, texnologiyalar transferi va tajriba almashishni muhim deb topdilar. O‘zbekiston va Iordaniya hamkorligi asosida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida Iordaniya yetakchisi O‘zbekistonga ilk oliy darajadagi davlat tashrifi uchun ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Bu tashrif diplomatik munosabatlar tarixida yangi bosqich boshlab berishi ta’kidlandi. Suhbatda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuv masalalari muhokama qilindi. Yetakchilar BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi samarali hamkorlikni davom ettirish zarurligini qayd etdilar. Ikki mamlakat savdo ko‘rsatkichlarini bir necha barobar oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi shartnomalar imzolashga tayyorlik bildirdi. Xususan, kimyo va to‘qimachilik sanoati, «aqlli» qishloq xo‘jaligi, geologiya, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va turizm kabi sohalarda kooperatsiyani rivojlantirishga kelishib olindi. Tomonlar poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va vizasiz rejim joriy etish orqali ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi ishga tushirilishi, yil oxirigacha ularning ilk yig‘ilishlari o‘tkazilishi taklif qilindi. O‘zbekiston–Iordaniya biznes forumi o‘tkazilishi esa ishbilarmon doiralar uchun uzoq muddatli sheriklikka yo‘l ochishi kutilmoqda. Muzokaralarda madaniy, ta’lim va turizm aloqalarini kengaytirish, qo‘shma madaniyat haftaliklari, konsertlar va ko‘rgazmalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Shu bilan birga, ma’rifiy islom g‘oyalarini ilgari surish, “Aqaba jarayoni” tashabbusining navbatdagi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning «An-Nahda» ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi Ushbu mamlakatning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.  

Teglar

Mavzuga oid