add

O‘zbekiston va OIIB Xorazm hamda Qoraqalpog‘istonda yo‘llar rekonstruksiyasiga kelishdi

02.07.2025 | 11:4032542

Loyiha qishloqlarda iqlimga chidamli va inklyuziv yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston va OIIB Xorazm hamda Qoraqalpog‘istonda yo‘llar rekonstruksiyasiga kelishdi
O‘zbekiston hukumati va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi qishloq yo‘llarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 71,1 million dollar miqdorida kredit ajratish yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu kelishuv 173,4 million dollarlik ikki bosqichli moliyalashtirish rejasining birinchi transhini tashkil etadi. Mazkur loyiha OIIB prezidenti tasdig‘iga havola qilingan bo‘lib, asosiy maqsad bozorlar va ijtimoiy xizmatlarga chiqishni yengillashtiradigan, iqlimga chidamli va barcha uchun foydalanish mumkin bo‘lgan transport aloqalarini shakllantirishdir. Birinchi bosqich Xorazm viloyatidagi ustuvor qishloq yo‘llarini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi. Keyingi bosqichda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yo‘llar rivojlantiriladi. Bank bayonotida ta’kidlanishicha, moliyalashtirishning bosqichma-bosqich tashkil etilishi O‘zbekistonga byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, milliy infratuzilma strategiyasiga muvofiq harakat qilish va loyihaning izchilligini ta’minlash imkonini beradi. Bu hamkorlik O‘zbekistonning mintaqaviy infratuzilmasini mustahkamlash va qishloq joylardagi aholining hayot sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid