add

O‘zbekiston va Ozarboyjon Ibrohim kelishuvlari arafasida — Reuters

Ibrohim kelishuvlari 2020 yilda Isroil, BAA, Bahrayn hamda Marokash o‘rtasida AQSH vositachiligida yahudiy davlati va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni iliqlashtirish maqsadida imzolangan.

Ozarboyjon va O‘zbekiston Qozog‘istondan keyin Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan keyingi davlatlar bo‘lishi ehtimoli bor. Bu haqda Reuters agentligi va Atlantic Council markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni iliqlashtirishga ko‘maklashadigan Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilganidan so‘ng, xalqaro hamjamiyatning e’tibori mazkur jarayonning kengayish imkoniyatlariga qaratilgan. Bitimga qo‘shilish uchun ehtimoliy nomzodlar qatorida O‘zbekiston va Ozarboyjon ko‘rib chiqilmoqda.

Reauters'ning xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston kelishuvga qo‘shilishdan manfaatdor bo‘lgan yagona davlat emasligini aytgan.

O‘z navbatida, Atlantic Council tahlilchilari Qozog‘istonning qo‘shilishi bu jarayonning boshlanishi, xolos, deb ta’kidlayapti.

Ekspertlarning yozishicha, Ozarboyjon va O‘zbekiston singari Kavkaz hamda Markaziy Osiyoning ko‘plab turkiy davlatlari ham Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishga qiziqish bildirgan.

Ularning fikricha, buning sababi AQSH va Isroil bilan munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro aloqalarni diversifikatsiya qilish istagi bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun: Ibrohim kelishuvlari 2020 yilda Isroil, BAA, Bahrayn va Marokash o‘rtasida AQSH vositachiligida yahudiy davlati va arab davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish maqsadida imzolangan. 2021 yilda kelishuvlarga Sudan, keyinchalik esa Misr ham qo‘shildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ozarboyjon Ibrohim kelishuvlari arafasida — Reuters | Vaqt.uz