O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishdi

19.02.2026 | 08:282 daqiqa

Dushanbeda o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollargacha oshirishni strategik maqsad sifatida belgiladi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishdi

17-fevral kuni Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 13-hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda savdo, investitsiya, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, bojxona tartibi, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat rahbarlarining izchil siyosati natijasida munosabatlar barcha yo‘nalishlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 718,3 mln долларга yetgan. Bu 2024 yilga nisbatan 22,5 фоизга yuqori. Tomonlar savdo hajmini 2 mlrd долларгача oshirishni aniq maqsad sifatida belgiladi.

 

Sanoat hamkorligi ustuvor

Yig‘ilishda sanoat kooperatsiyasi ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi bozorlarga chiqish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Yakunda hukumatlararo komissiya faoliyati to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Bu hujjat loyihalarni amaliy bosqichga tezroq olib chiqish va ijroni nazorat qilish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Bosh vazirlar Dushanbeda faoliyat yuritayotgan «Gayur-Pak» va «Gayur Korea Technolgy» korxonalari ishi bilan tanishdi. Bu sanoat kooperatsiyasining amaliy natijalarini ko‘rsatdi.

 

Qo‘shma ishlab chiqarish

«Gayur-Pak» korxonasi zamonaviy texnologiyalar asosida yiliga 50 mln dona polipropilen qop ishlab chiqaradi. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga eksportga ham yo‘naltirilgan.

«Gayur Korea Technolgy» esa 100 dan ortiq turdagi yoritish uskunalarini ishlab chiqaradi. Korxonaning yillik quvvati 1,2 mln donaga teng bo‘lib, asosan ichki bozorni ta’minlaydi.

Mazkur obyektlar bilan tanishuv savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish rejasi sanoat hamkorligi va qo‘shma loyihalarni kengaytirish orqali amalga oshirilishini ko‘rsatdi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi davomida AQSH savdo vaziri Hovard Latnik bilan uchrashgani, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshgani qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid