add

O‘zbekiston–Xitoy savdosi 21 foizga o‘sdi: eksport kamaydi, import keskin ko‘tarildi

02.10.2025 | 07:5834463

2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston va Xitoy tovar aylanmasi 9,7 mlrd dollardan oshdi. Eksport qariyb 9 foizga pasaydi, import esa 27 foizga ko‘tarildi.

O‘zbekiston–Xitoy savdosi 21 foizga o‘sdi: eksport kamaydi, import keskin ko‘tarildi
O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi 2025 yilning sakkiz oyida 21,1 foizga oshdi va 9,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Ammo o‘sish asosan import hisobiga qayd etildi. O‘zbekistondan Xitoyga eksport hajmi 9 foizga yaqin pasayib, 1,24 mlrd dollargacha tushdi. Buning asosiy sababi sanoat mahsulotlari yetkazib berish 40,8 foizga kamayishi bo‘ldi. Biroq gaz eksporti 24,1 foizga o‘sib, 494,7 mln dollarni tashkil etdi. Natijada zangori yoqilg‘ining umumiy eksportdagi ulushi qariyb 40 foizga yetdi. Shu vaqt oralig‘ida Xitoydan import hajmi 8,45 mlrdga chiqdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 27,3 foizga ko‘p. Ayniqsa, iyul va avgust oylarida import sezilarli sur’at bilan o‘sib, mos ravishda 1,32 mlrd va 1,47 mlrd dollarni tashkil qildi. Xitoydan ximiya mahsulotlari importi 37,2 foizga, sanoat tovarlari 29,4 foizga, mashinalar va transport uskunalari 23,8 foizga ko‘paydi. Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashuvda tovar aylanmasini 20 mlrd dollarga yetkazish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishgan edi.

Teglar

Mavzuga oid