add

O‘zbekiston xizmatlar bozorining qaysi yo‘nalishlarida yuqori o‘sish kuzatilmoqda?

Bugun 15:451081 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida bozor xizmatlari hajmi keskin oshib, ayrim yo‘nalishlarda yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

O‘zbekiston xizmatlar bozorining qaysi yo‘nalishlarida yuqori o‘sish kuzatilmoqda?

2025 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eng yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu yo‘nalishda xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,5 foizga oshdi. Bu bank, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy operatsiyalarga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ham yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etdi. Ushbu sohada o‘sish 119,6 foizni tashkil qildi. Shuningdek, ijara xizmatlari 119,4 foizga o‘sib, xizmatlar bozorida faol segmentlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 115,4 foizga, me’morchilik va muhandislik xizmatlari esa 114,6 foizga o‘sdi. Bu infratuzilma, qurilish va tibbiyot sohalarida faollik oshganini anglatadi. Transport xizmatlarida o‘sish 113,4 foizni, savdo xizmatlarida esa 113 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, boshqa xizmatlar 112,9 foizga, komputer va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari 112,4 foizga o‘sgan. Shaxsiy xizmatlar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarda o‘sish mos ravishda 111,6 va 111,4 foiz darajasida qayd etildi. Shu jumladan, yashash va ovqatlanish xizmatlari 108,8 foizga, ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 106,8 foizga o‘sdi.

Teglar

Mavzuga oid