add

O‘zbekiston xizmatlar bozorining qaysi yo‘nalishlarida yuqori o‘sish kuzatilmoqda?

Bugun 16:371 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida bozor xizmatlari hajmi keskin oshib, ayrim yo‘nalishlarda yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

O‘zbekiston xizmatlar bozorining qaysi yo‘nalishlarida yuqori o‘sish kuzatilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich xizmatlar sohasida iqtisodiy faollik barqaror o‘sib borayotganini va tarmoq iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylanganini ko‘rsatadi.

Tahlillarga ko‘ra, eng yuqori o‘sish sur’ati moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalishda xizmatlar hajmi 123,7 foizga oshgan bo‘lib, bank, sug‘urta va boshqa moliyaviy instrumentlarga talab sezilarli darajada ortganini anglatadi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ham yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Mazkur sohada o‘sish 122,6 foizni tashkil etgan. Bu raqamli texnologiyalar, internet xizmatlari va axborot infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Ijara xizmatlari 119 foizlik o‘sish bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 115,3 foizga, me’morchilik va muhandislik xizmatlari esa 115,2 foizga o‘sgan.

Transport xizmatlari 112,9 foiz, savdo xizmatlari 113,3 foiz, boshqa xizmatlar esa 113,1 foizga o‘sgan. komputer va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlarida o‘sish 112,8 foizni, shaxsiy xizmatlarda esa 112 foizni tashkil etgan.

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 111,7 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 109,3 foizga oshgan. Ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 108,8 foizlik o‘sishni qayd etgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ham barqaror rivojlanish saqlanib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid