add

O‘zbekiston yadroviy xavfsizlik bo‘yicha Vena konvensiyasiga qo‘shilyapti

O‘zbekiston Xalqaro atom energiyasi agentligiga «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasiga qo‘shilish haqidagi hujjatni topshirdi.

O‘zbekiston yadroviy xavfsizlik bo‘yicha Vena konvensiyasiga qo‘shilyapti

8-noyabr kuni Vena shahridagi Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh qarorgohida O‘zbekistonning «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasiga qo‘shilishiga bag‘ishlangan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik bosh direktori Rafael Grossining ta’kidlashicha, 2024 yilda Toshkentga tashrifi davomida u Shavkat Mirziyoyev bilan mamlakatning yadroviy sohadagi xalqaro kelishuvlarga qo‘shilishi masalasini muhokama qilgan. Ushbu jarayon natijasida O‘zbekiston qisqa vaqt ichida «Yadroviy xavfsizlik», «Yadroviy avriyada yordam ko‘rsatish», «Yadroviy falokat haqida barvaqt xabar berish» hamda «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi» haqidagi Vena konvensiyalariga qo‘shildi.

Qayd etilishicha, Grossi bu qarorni davlat rahbarining shaxsiy tashabbusi va yadroviy xavfsizlikka bo‘lgan qat’iy e’tibori samarasi sifatida baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam O‘zbekistonning yadroviy sohada xalqaro majburiyatlarga sodiqligini va barqaror rivojlanish yo‘lidagi strategiyasini namoyon etadi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 26-sentabrda «O‘zbekiston Respublikasining Vena konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Hozirda yadroviy energetikani rivojlantirish, jumladan, atom elektr stansiyasi va kichik modulli reaktorlar qurish bo‘yicha tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston yadroviy xavfsizlik bo‘yicha Vena konvensiyasiga qo‘shilyapti | Vaqt.uz