
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi
19.08.2025 | 08:0046022
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, Ginnes rekordini yangiladi.

Bugun, 18 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida O‘zbekiston yoshlari tarixiy yutuqqa erishdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etgan. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘lgan.
Eski rekord 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan vaqtda qo‘yilgan edi.





