add

O‘zbekistonda 10 oyda ko‘chmas mulk xizmatlari 21 trln so‘mga yetdi

Bugun 22:00721 daqiqa

Bu davrda mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar sezilarli o‘sib, bozorda asosiy ulushni ijara va boshqaruv xizmatlari tashkil etgani qayd etildi.

O‘zbekistonda 10 oyda ko‘chmas mulk xizmatlari 21 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar—oktabr oylari davomida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 21 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida ko‘chmas mulk segmentidagi asosiy ulushni shaxsiy yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulkni ijaraga berish va boshqarish xizmatlari egalladi. Ushbu yo‘nalish umumiy xizmatlar hajmining 95,9 foizini tashkil etgani bilan e’tiborli.

Shu bilan birga, shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bilan bog‘liq xizmatlar ulushi 1,7 foizni tashkil etdi. Statistik ma’lumotlar bu segmentning hajmi nisbatan past bo‘lib, bozordagi faoliyat asosan ijara munosabatlariga tayanayotganini ko‘rsatadi.

Shartnoma asosida yoki mukofot evaziga ko‘rsatiladigan ko‘chmas mulkni boshqarish xizmatlari ulushi 1,6 foizni, agentliklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar esa 0,8 foizni tashkil etdi. Bu yo‘nalishlar so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich rivojlanayotgan bo‘lsa-da, hali bozorning kichik qismini egallayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid