add

O‘zbekistonda 2000 ga yaqin xonanda daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirdi

19.08.2025 | 20:0030683

Soliq qo‘mitasi Soliq mobil ilovasida konsert-tomosha faoliyati vakillari uchun soliq deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha joriy etilgan yangi xizmatning dastlabki natijalarini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2000 ga yaqin xonanda daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirdi
O‘zbekistonda ikki mingga yaqin san’atkor va ijrochi Soliq ilovasi orqali daromad solig‘i deklaratsiyasini to‘ldirdi. Xorazm, Toshkent va Buxoro viloyatlari san’atkorlar eng ko‘p hujjat topshirgan viloyatlar uchligiga kirdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, iyun oyi oxirida ishga tushirilgan xizmat xonanda va ijrochilarga soliq organlariga yillik umumiy daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani soddalashtirilgan tartibda taqdim etish imkonini beradi. Shu maqsadda tizim «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Litsenziyaga ega bo‘lgan san’atkorlar ilovada o‘z shaxsini va Face ID`sini tasdiqlaganidan so‘ng xizmatdan avtomatik ravishda foydalanishi mumkin. Xabarga ko‘ra, 1954 nafar litsenziya egasi soliq deklaratsiyasini topshirgan. Taqdim etilgan deklaratsiyalar soni bo‘yicha top 5 ta hududga quyidagilar kiradi: Xorazm viloyati — 294 ta; Toshkent shahri — 291 ta; Buxoro viloyati — 212 ta; Samarqand viloyatida — 207 ta; Toshkent viloyati — 157 ta. Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi tomonidan konsert va sahna san’ati sohasi vakillari o‘rtasida #mendeklaratsiyatopshirdim_challenge va #yapodayudeklaratsiyu xeshtegi ostida chellenj boshlangan.

Teglar

Mavzuga oid