add

O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatildi

Kecha 12:552582

Mazkur ishlar natijasida 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarildi.

O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatildi

O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatilib, 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil va 2025 yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida jami 47 ta maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinib, tuproq qatlamlari bilan yopildi.

2024 yilda bu boradagi ishlar respublika hududida quyidagicha amalga oshirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 ta (11 gektar);

Andijon viloyatida – 6 ta (14,9 ga);

Buxoro viloyatida – 1 ta (0,5 ga);

Qashqadaryo viloyatida – 5 ta (19,15 ga);

Namangan viloyatida – 3 ta (5,38 ga);

Samarqand viloyatida – 1 ta (2,4 ga);

Toshkent viloyatida – 3 ta (9,58 ga);

Farg‘ona viloyatida – 6 ta (17,11 ga);

Xorazm viloyatida – 1 ta (1 ga).

Shuningdek, 2025 yil davomida esa respublika bo‘yicha jami 18 ta (81,68 gektar) qattiq maishiy chiqindi poligonida rekultivatsiya va tuproq qatlami bilan yopish ishlari yakunlandi.

Mazkur ishlar prezidentning 2024 yil 4 yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5-son farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, bu chora-tadbirlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 72-bandida belgilangan maqsadlar hamda 2025 yil 30 yanvardagi prezident farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi hisobiga 185 ta (1 446,04 gektar) maishiy chiqindi poligoni o‘tkazilgan.

Teglar

Mavzuga oid