add

O‘zbekistonda 448 mingdan ortiq ob’ekt kadastr xatlovidan o‘tkazildi

09.07.2025 | 11:4522893

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer va qurilmalarni huquqiylashtirish bo‘yicha xatlov ishlari davom etmoqda. bugungi kun holatiga ko‘ra, 448 mingga yaqin ob’ekt aniqlangan va ularning ma’lum qismi hujjatlashtirilgan.

O‘zbekistonda 448 mingdan ortiq ob’ekt kadastr xatlovidan o‘tkazildi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati rahbari Munojatxon Yuldasheva respublika bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xatlov ishlari haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, 2024 yil 8 noyabrdan buyon “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida respublika miqyosida maxsus xatlov ishlari boshlangan. Bu jarayonga 4,5 mingdan ortiq kadastr mutaxassislari jalb etilgan. bugungi kunga kelib 448 919 ta ob’ekt xatlovdan o‘tkazilgan. Ulardan 292 768 tasi UZKAD dasturiga kiritilgan, 179 558 ta ob’ektning hujjatlari esa “E’tirof” avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tkazilgan. Hozirda muhokamada turgan ob’ektlar soni 144 615 tani tashkil qilmoqda. E’lon qilingan ob’ektlar 16 080 ta, rad etilganlari 1 562 ta, yakunlanganlari esa 1 357 tani tashkil etmoqda. Qizig‘i shundaki, huquqlari e’tirof etilgan 1 357 ta ob’ektdan 1 119 tasi uchun fuqarolar hali ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza topshirmagan. Mutasaddilar bu holatni hujjatlashtirish jarayonidagi sustkashlik sifatida baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid