add

O‘zbekistonda 46 mingdan ortiq erkak vafot etdi: aholi o‘limidagi gender va hududiy farqlar

23.07.2025 | 21:2034913

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 84 mingga yaqin inson hayotdan ko‘z yumdi. Ularning 54,9 foizini erkaklar, qolganini ayollar tashkil qildi.

O‘zbekistonda 46 mingdan ortiq erkak vafot etdi: aholi o‘limidagi gender va hududiy farqlar
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 405,5 ming bola tug‘ildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 ming nafarga kam. Shu bilan birga, o‘lim holatlari soni 2,7 ming nafarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. Unga ko‘ra, 2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatda 405,5 ming tirik tug‘ilgan holat qayd etilgan. 2024 yilning shu davri bilan solishtirilganda, tug‘ilishlar soni 14,4 ming nafarga kamaygan. Shuningdek, joriy yilning birinchi yarmida 84,1 ming o‘lim holati ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming nafarga ko‘proq. Tug‘ilganlarning yarmidan ko‘pini o‘g‘il bolalar tashkil qildi — ular soni 209,6 ming nafarga yetdi, bu jami tug‘ilganlarning 51,7 foizini tashkil etadi. Qiz bolalar soni esa 195,9 ming nafarni yoki 48,3 foizni tashkil qilgan. Joylashuvga qarab olganda, 2025 yilning birinchi yarmida 197,8 ming bola shaharlarda, 207,7 ming bola esa qishloq joylarida tug‘ilgani qayd etilgan. Bu esa tug‘ilishlar qishloqlarda bioz yuqori bo‘lib qolganini ko‘rsatadi. Vafot etganlar orasida erkaklar soni ko‘proq — 46,2 ming nafar (54,9%)ni tashkil qilgan. Ayollar o‘rtasida esa 37,9 ming o‘lim holati (45,1%) qayd etilgan. Geografik taqsimotga ko‘ra, o‘lim holatlarining 45,6 mingtasi shaharlarda (54,2%), 38,5 mingtasi esa qishloq joylarida (45,8%) sodir bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid