
O‘zbekistonda avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23,7 foizga yetdi
15.08.2025 | 10:0044212
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda avtokreditlar va mikrozaymlar bo‘yicha foiz stavkalari yuqori darajada saqlanmoqda.
2025 yil 12 avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik stavka 23,7 foizni tashkil etdi. Eng arzon avtokreditni
Ipoteka-bank — 21,2 foiz;
Orient Finance Bank — 21,8 foiz;
Asia Alliance Bank — 21,9 foiz;
Eng yuqori stavkalar:
Hamkor Bank — 28 foiz;
Infinbank — 28 foiz;
Madad Invest Bank — 27,9 foizda qayd etilgan.
Mikrozaymlar segmentida o‘rtacha stavka 36,3 foizni tashkil etdi.
Eng past stavka:
Aloqabank — 20,6 foiz;
Milliy bank — 26 foiz;
Orient Finance Bank — 26,6 foizdan kredit taklif qilmoqda.
Eng qimmat mikrozaym TBC Bankda — 41,9 foiz.
Markaziy bank hisob-kitoblarda bozor shartlaridan tashqari, biznes uchun imtiyozli dasturlar, ayrim iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus shartlarda berilayotgan kreditlar ham inobatga olinganini ta’kidladi. Bu ma’lumotlar mamlakatda kredit bozoridagi foiz siyosatini tahlil qilish va iste’molchilar uchun moliyaviy qaror qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.





