add

O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni qanchaligi aytildi

21.08.2025 | 14:454652 daqiqa

Hududlar kesimida eng ko‘p tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni qanchaligi aytildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 611 taga ko‘payib, 6,3 foizlik o‘sishni qayd etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p korxonalar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan — 12 814 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (5 598 ta) va Samarqand viloyati (3 905 ta) turibdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 2 866 ta shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorazm viloyatida 2 673 ta, Surxondaryoda 2 656 ta, Buxoroda 2 434 ta, Farg‘ona viloyatida 2 035 ta, Navoiyda 2 025 ta korxona ayollar rahbarligida tashkil etilgani qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 1 879 ta, Jizzaxda 1 366 ta, Sirdaryoda 1 252 ta, Andijonda 1 227 ta hamda Namanganda 1 130 ta kichik korxona va mikrofirmalar ayollar rahbarligida ish yuritmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu tendensiya mamlakatda ayollar tadbirkorligi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid