add

O‘zbekistonda bankomatlar ko‘paymoqda, bozor esa to‘lov tashkilotlari qo‘liga o‘tyaptimi?

30.06.2025 | 18:4039743

O‘zbekistonda bankomatlar soni so‘nggi yillarda keskin oshdi, ammo bu bozor banklardan ko‘ra to‘lov tashkilotlari faollashgan maydonga aylanib bormoqda. Olis hududlarda bankomat yetishmovchiligi hamon dolzarb.

O‘zbekistonda bankomatlar ko‘paymoqda, bozor esa to‘lov tashkilotlari qo‘liga o‘tyaptimi?
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga to‘g‘ri keluvchi bankomatlar soni 100 tadan oshdi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi. Solishtirish uchun, 10 yil avval mamlakatda bu raqam har 100 ming aholiga bor-yo‘g‘i 8 tani tashkil etardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 36 mingga yaqin bankomat va infokisokalar o‘rnatilgan. Qizig‘i shundaki, ularning yarmidan ko‘pi banklarga emas, balki to‘lov tashkilotlariga tegishli. Oxirgi yilda aynan to‘lov tashkilotlari hisobidan bankomatlar soni ortib bormoqda. Banklar esa bu bozorga nisbatan qiziqishini pasaytirgan. Hozirgi holatdan kelib chiqib, kelajakda to‘lov tashkilotlari bankomat bozorida ustunlikka erishishi ehtimoldan holi emas. Ayrim hollarda to‘lov tizimlari o‘zining keng qamrovli infratuzilmasi bilan bozorda gegemonga aylanishi mumkin.v Markaziy bank Osiyo Taraqqiyot banki ko‘magida o‘tkazgan so‘rovdnomagv ko‘ra, ayni paytda, bankomatlar o‘zbekistonliklar eng ko‘p foydalanayotgan moliyaviy xizmat hisoblanadi. Xalqning 91 foizi bankomatlar haqida xabardor, 60 foiz aholi esa ulardan muntazam foydalanadi. Biroq, mamlakatning ayrim olis hududlarida bankomat yetishmovchiligi hali ham hal qilinmagan muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan, Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich faqat 45 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyodagi yetakchi bankomat tarmog‘iga aylanish bilan birga, O‘zbekistonda bankomatlardan foydalanish imkoniyatlari hali ham teng taqsimlanmagani ko‘rinib turibdi.

Teglar

Mavzuga oid