add

O‘zbekistonda biznes muhiti ikki yillik rekordni yangiladi

28.07.2025 | 10:0016807

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CEIR) 2025 yilning iyun oyida O‘zbekiston bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida navbatdagi biznes muhiti indeksini e’lon qildi.

O‘zbekistonda biznes muhiti ikki yillik rekordni yangiladi
Tahlillarga ko‘ra, iyun oyi yakunlari bilan mamlakatdagi biznes muhiti indeksi 63 bandni tashkil etdi. Bu so‘nggi ikki yilda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi. [caption id="attachment_10712" align="aligncenter" width="630"]Biznes muhit Infografika: Review.uz[/caption] Iyun oyida biznes muhiti indeksining joriy holati 47 bandni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 bandga oshganligini ko‘rsatadi. Biznesning joriy holati indeksi tadbirkorlarning mamlakatdagi real vaziyat va biznes yuritish sharoitlari haqidagi tasavvurini aks ettiradi. Unda savdo hajmi, bandlik, talab, resurslarga yetishimlilik hamda operatsion muhit barqarorligi kabi omillar inobatga olinadi, deb Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ta’kidladi. Shuningdek, biznesning istiqboldagi kutilmalar indeksi 6 bandga oshib, 80 bandni tashkil etdi. Bu esa tadbirkorlar orasida kelgusidagi iqtisodiy sharoitlarga nisbatan ishonch saqlanib qolayotganini bildiradi.   Tadbirkorlar qanday fikrda? CEIR tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirok etganlarning 38 foizi biznes holatining yaxshilanganini bildirgan. Yana 38 foiz tadbirkor mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab oshganini, 24 foiz respondent esa korxonalarida ishchilar soni ortganini qayd etgan. Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlar tadbirkorlarning 71 foizi kelgusida talab o‘sishini, 59 foiz ishchilar soni ko‘payishini, 21 foizi esa narxlar o‘sishini kutmoqda.   Sohalar kesimida ko‘rsatkichlar Sanoat Sanoat sohasida iyun oyidagi biznes muhiti indeksi 59 bandni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 5 bandga yuqori. Istiqlboldagi kutilmalar indeksi 73 banddan 83 bandga oshgan, joriy holat indeksi esa 37 bandda qolgan. Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning 38 foizi so‘nggi uch oy ichida o‘z biznes holati yaxshilanganini bildirgan. 79 foiz esa kelajakda yanada yaxshilanish bo‘lishini kutmoqda. Qishloq xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Umumiy indeks 59 bandni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3 bandlik o‘sishdir. Joriy holat indeksi 41 bandga (+6), istiqboldagi indeks esa 83 bandga (+3) yetdi. So‘rovda qatnashgan fermerlarning 49 foizi hozirgi faoliyatini «qoniqarli» deb baholagan. 22 foizi ishchilar sonining ortganini, 79 foizi esa kelajakda faoliyat yanada yaxshilanishini bildirgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi Xizmatlar sohasida biznes muhiti indeksida eng yuqori o‘sish kuzatildi — 68 band (+17). Joriy holat indeksi 57 bandni, istiqlboldagi indeks esa 79 bandni tashkil etdi. Bu sohada tadbirkorlarning 47 foizi joriy holatni “yaxshi” deb baholagan, 39 foizi esa so‘nggi uch oyda biznes sharoitlari yaxshilanganini bildirgan. 71 foiz esa talab ortishini kutmoqda. Qurilish Qurilish sohasida umumiy indeks 61 bandni tashkil etdi (+4). Joriy holat indeksi 49 bandga (+15) ko‘tarilgan bo‘lsa-da, istiqlboldagi kutilmalar 9 bandga kamayib, 73 bandni tashkil etdi. Ushbu tarmoqda so‘rovda qatnashganlarning 36 foizi biznes holati yaxshilanganini bildirgan. Biroq 21 foiz respondent yaqin kelajakda holat o‘zgarishsiz qolishini kutayotganini bildirgan. Iyun oyida tadbirkorlik muhiti ijobiy tomonga o‘zgarayotgani kuzatildi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat sezilarli darajada oshdi — bu sohada eng katta o‘sish qayd etildi. Sanoat va qishloq xo‘jaligida o‘sish barqaror davom etmoqda, ammo qurilish sohasida tadbirkorlar ehtiyotkorlik bilan vaziyatni kuzatmoqda. O‘zbekiston biznes muhiti indeksi 1000 dan ortiq korxona rahbarlari orasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida tayyorlanadi. Ular ishlab chiqarish, talab, narxlar kabi holatlar haqida o‘z fikrlarini bildirishadi, deb CEIR yozmoqda. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda biznes muhiti ikki yillik rekordni yangiladi | Vaqt.uz