add

O‘zbekistonda bola puli kimlarga to‘lanadi?

14.07.2025 | 12:0024363

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor, moddiy yordamga muhtoj oilalarga bolalar nafaqasi belgilanadi. Bu nafaqa 12 oy muddatga tayinlanib, faqat belgilangan shartlarga mos keladigan oilalargina olish huquqiga ega.

O‘zbekistonda bola puli kimlarga to‘lanadi?
Nafaqa olish uchun oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromad minimal iste’mol xarajatlari — 669 ming so‘mdan oshmasligi lozim. Shu bilan birga, oilada bir nechta xonadon, noturar joy yoki yer uchastkasi bo‘lmasligi kerak. Yana bir muhim talab — oila a’zolari ixtiyorida ishlab chiqarilganiga 12 yoki 15 yildan oshmagan, texnik jihatdan soz yengil yoki yuk tashuvchi avtotransport vositasi mavjud bo‘lmasligi shart. Bundan tashqari, bankdagi depozitlarda 5,7 mln so‘m va undan ortiq mablag‘ bo‘lmasligi kerak. Nafaqa tayinlanishida ishsizlik nafaqasi olayotgan shaxslar mavjud bo‘lsa yoki ish taklifini bir necha marta rad etganlar ham hisobga olinadi. Ishsizlar rasmiy ish izlamasdan, davlat organlarida ro‘yxatda turmasdan, o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritilmasdan yoki jamoat ishlarida ishtirok etmasdan yurgan bo‘lsa, bu ham rad etish sababi hisoblanadi. Ya’ni nafaqa tayinlashda nafaqat moliyaviy holat, balki ishga munosabat, davlat organlari bilan hamkorlik darajasi ham ahamiyat kasb etadi. Shu bois, har bir ariza beruvchi oila yuqoridagi barcha mezonlarga to‘liq javob berishi shart.

Teglar

Mavzuga oid