
O‘zbekistonda bolalar turizmini rivojlantirishga qaratilgan milliy dastur ishga tushirildi
20.05.2025 | 17:007832
Har yili milliondan ortiq maktab o‘quvchisi mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda bolalar turizmini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli milliy dastur amalga oshirilmoqda. «Kazinform» xalqaro axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 1 millionga yaqin maktab o‘quvchisi mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqadi. Ushbu tashabbus o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy va madaniy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridagi «Barkamol avlod» markazlarida kamida 100 o‘ringa ega «Bolalar sayyohlik bazalari» tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, «Barkamol avlod» maktablari, «Yoshlik» sport jamiyati va O‘quvchi-yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Bu maskanlar zamonaviy ta’mirlab jihozlanadi hamda xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi innovatsion yo‘nalishlarda yangi to‘garaklar ochiladi.
Ushbu loyiha orqali nafaqat turizmni, balki ta’lim va texnologiya sohalarini ham uzviy rivojlantirish maqsad qilingan.





