add

O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kimyoviy ishlov hajmi qisqarib bormoqda

30.06.2025 | 11:3034582

29 iyun holatiga ko‘ra mamlakatimizda chigirtkaga qarshi kurash chora-tadbirlari samarali olib borilmoqda. Monitoring natijalariga ko‘ra, kimyoviy ishlov berilgan maydonlar hajmi qisqarishga yuz tutdi.

O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kimyoviy ishlov hajmi qisqarib bormoqda
O‘simliklar karatini va himoyasi agentligining xabar berishicha, bugungi kunga kelib, respublika bo‘ylab 923 ming 625 gektar yer maydonida doimiy monitoring ishlari amalga oshirildi. Uning natijasida 552 ming 455 gektarda chigirtka tarqalgani aniqlandi. Mutasaddi idoralar tomonidan esa 542 ming 897 gektarda kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkazildi. Amalga oshirilayotgan asosiy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida davom etmoqda. Chigirtkaga qarshi kurash ishlari 24 soat, haftaning yetti kuni davomida to‘xtovsiz olib borilmoqda. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, kimyoviy ishlov ishlari va ishlatilayotgan preparatlar to‘liq bepul. Shu bilan birga, aholidan tushayotgan murojaatlar ham 1288 yoki 71 202-10-00 raqamlari orqali kunu tun qabul qilinmoqda. Ta’kidlash lozimki, chigirtka hamda tut parvonalariga qarshi kurashda kompleks choralar ko‘rilmoqda va aholi xavotirga o‘rin yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid