add

O‘zbekistonda dafn etish ishlaridagi byurokratiya qisqartiriladi

Kecha 20:557931 Daqiqa

Dafn etish jarayonlarida yagona elektron nazorat tizimi joriy etiladi.

O‘zbekistonda dafn etish ishlaridagi byurokratiya qisqartiriladi

2026 yil 1-iyunga qadar «FHDYning yagona elektron arxivi» axborot tizimining «Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari» moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Hukumatning 21-noyabr kuni qabul qiligan 735-sonli qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.

2026 yil 1-martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

Ushbu QR-kod tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.

2026 yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

🔹 qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;

🔹 qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid