add

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

19.09.2025 | 17:0013723

19–21 sentyabr kunlari O‘zbekistonda havo asosan quyoshli va iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni ayrim hududlarda harorat +34 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, shimolda esa shamol kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 19–21 sentyabr kunlari mamlakat bo‘ylab havo asosan biroz bulutli bo‘ladi. Hududlarda yomg‘ir kutilmaydi, ammo ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Juma kuni kunduzgi harorat +25…+28 daraja, mamlakatning janubiy hududlarida +30 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni cho‘l hududlari va janubda harorat sezilarli oshishi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa markaziy hududlarda kunduzi +32…+34 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 20–21 sentyabr kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiraq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda havo harorati nisbatan pastroq bo‘lib, +23…+28 daraja atrofida bo‘lishi aytib o‘tilgan. Shimoliy viloyatlar va cho‘l hududlarida shamolning 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang‘-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli ham yuqori. Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Juma kuni poytaxtda harorat +26 daraja, shanba kuni +28…+30 daraja, yakshanba kuni esa +32…+34 darajagacha ko‘tariladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi | Vaqt.uz