
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi
20.06.2025 | 12:4025073
O‘zbekistonda 21 iyundan 24 iyungacha havo ancha issiq va kam bulutli bo‘ladi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kuchli issiqlik va ba’zi joylarda shamollar bilan bog‘liq noqulay ob-havo kuzatilishi mumkin.

21 iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yomg‘ir kutilmaydi. Harorat kunda +37...+39 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda +34...+39 daraja issiq, shamol 7–12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol 13–18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilib, harorat +35...+40 darajagacha bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida esa havo quriq, harorat +35...+40 darajagacha bo‘lib, shamol kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +37...+42 darajagacha issiq bo‘lib, chang-to‘zon ehtimoli bor.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida harorat +33...+38 daraja, havo asosan quyoshli.
Tog‘li hududlarda +25...+28 daraja atrofida salqinroq havo kuzatiladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli mavjud.
22–24 iyun kunlari ham mamlakat bo‘ylab issiqlik saqlanib qoladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat +44 darajagacha chiqishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa +30 darajagacha oshishi kutilmoqda.
22 iyun kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchayishi (20–22 m/s) va chang-to‘zonlar bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Ob-havo sharoiti sababli aholidan suvsizlikning oldini olish, quyoshdan himoyalanish va shamolli kunlarda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqdayu





