add

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanadi

24.10.2025 | 16:252271

Shanba va yakshanba kunlari havo iliq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qorga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanadi

O‘zbekistonda bu hafta oxiri iliq va quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududidagi aksariyat mintaqalarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli past bo‘lib, faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.

25–26 oktabr kunlari havo harorati asta-sekin pasayib boradi. Jumladan, 25 oktyabrda +23...+28 daraja, 26 oktyabrda esa +21...+26 daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shimoliy hududlarda bu ko‘rsatkich +19...+24 darajagacha pasayishi mumkin.

Toshkent shahrida ob-havo o‘zgaruvchan, ammo yomg‘irsiz bo‘ladi. Shamol sharq tomondan 3–8 metr sekund tezlikda esadi. Poytaxtda shanba kuni +25...+27 daraja, yakshanba kuni esa +24...+26 daraja harorat kutilmoqda. Kechasi havo +13...+15 darajagacha soviydi.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, mavsum uchun mos bo‘lgan bu iliq va quruq ob-havo hozircha saqlanib turadi, ammo kelasi hafta boshidan ba’zi hududlarda harorat yana pasayishi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid