add

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq va quruq ob-havo kuzatiladi

30.05.2025 | 12:2026933

30 maydan 1 iyungacha O‘zbekiston hududida havo isib, aksariyat hududlarda yomg‘ir kutilmayapti. Harorat +35 darajagacha ko‘tarilishi, ayrim joylarda shamol va chang‘ to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq va quruq ob-havo kuzatiladi
30 may, payshanba kuni O‘zbekiston hududida salqin va nam havo massalari harakatlanishda davom etadi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo asosan quruq bo‘ladi. Harorat +25…+28 daraja, respublika janubida +30…+33 darajaga yetadi. 31 may, juma kuni mamlakatning katta qismida ob-havo yaxshi bo‘lib, yomg‘ir kutilmayapti. Faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va chaqmoq kuzatilishi mumkin. 1 iyun, yakshanba kuni ham quruq va iliq ob-havo saqlanadi. Harorat shanba kuni +28…+31 daraja, yakshanba kuni +32…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublika shimoli, janubi va cho‘l hududlarida shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang‘-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va chaqmoq ehtimoli saqlanib qoladi. Sel va suv toshqini xavfi mavjud. Toshkent shahrida 30 may kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va chaqmoq bo‘lishi mumkin. Harorat +26…+28 daraja atrofida bo‘ladi. 31 may va 1 iyun kunlari poytaxtda havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Harorat shanba kuni +28…+30, yakshanba kuni +29…+31 darajaga yetadi. Shamol sharqdan 3–6 m/s, ba’zi joylarda 8–10 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid