add

O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi joriy etiladi

04.08.2025 | 10:4515733

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi joriy etiladi
Hujjat bilan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda davlat xaridlari elektron tizimini tashkil etish tartibi, xarid sub’ektlarini tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari hamda operatorlar tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va dastlabki monitoringni amalga oshirish choralari belgilandi. Qarorga ko‘ra, 2025 yil 15 avgustdan e’tiboran tender va tanlov natijalari asosida shartnomalar elektron tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Jismoniy shaxslar bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bundan mustasno. Shuningdek, davlat xaridlarida qo‘lda yoziladigan shartnomalar elektron raqamli imzo orqali elektron shaklda tuziladi. Xorijiy yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar esa bu talabdan mustasno bo‘ladi. Shu bilan birga, maxsus axborot portalida davlat xaridlari bo‘yicha izohlar, takliflar va shikoyatlarni qoldirish imkoni yaratiladi. Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan bayonnomalar va shartnomalar bo‘yicha kelib tushgan e’tirozlarni ko‘rib chiqish natijalari davlat xaridlari sohasida nazorat qiluvchi organlar uchun shaxsiy kabinetlarda aks ettiriladi. Qarorda davlat xaridlari hajmini sun’iy ravishda qismlarga bo‘lib tashlashga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Teglar

Mavzuga oid