add

O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar savdo sohasida

01.08.2025 | 12:157432

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra mamlakatda 38 234 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich yil boshidan beri 1 969 taga oshgan.

O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar savdo sohasida
Oilaviy korxonalarning eng katta ulushi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi — 15 264 ta. Sanoat sohasida 8 703 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 7 303 ta korxona mavjud. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 649 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 646 ta, tashish va saqlash sohasida 354 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Qurilish sohasida 299 ta, axborot va aloqa sohasida 245 ta oilaviy korxona mavjud. Boshqa turli sohalarda esa 2 771 ta oilaviy biznes ro‘yxatga olingan. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, oilaviy korxonalar sonining muntazam ortishi aholining tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi va iqtisodiyotda kichik biznes ulushining kengayib borayotganidan darak beradi.

Teglar

Mavzuga oid