add

O‘zbekistonda foyda solig‘i va QQS bo‘yicha soliq to‘lash tartibi soddalashtirilishi mumkin

29.06.2025 | 12:0044723

Tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha hisob-kitob qilish va to‘lash tartibini soddalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu tashabbus DSQ raisi Sh.Qudbiyev tomonidan bildirildi.

O‘zbekistonda foyda solig‘i va QQS bo‘yicha soliq to‘lash tartibi soddalashtirilishi mumkin
27 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda Davlat soliq qo‘mitasi rahbari Sherzod Qudbiyev bu masala haqida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar yuqori soliq yukidan ko‘ra ko‘proq hisob-kitob qilish va to‘lash jarayonining murakkabligi bilan qiynalmoqda. Muloqotda restoranlar sohasi vakillari, jumladan Smart Group asoschisi Sanjar Maqsudov ham qatnashdi. U restoranlar va kichik biznesda QQS keshbek to‘lovlaridagi muammolar IKPU kodlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish bilan bog‘liqligini qayd etdi. Shu bilan birga, u kichik korxonalar uchun soliq hisobini yuritishdagi qiyinchiliklar va QQS to‘lash chegarasini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Sherzod Qudbiyev mazkur fikrlarga qo‘shilib, foyda solig‘i hisob-kitobida haqiqatan ham muammolar borligini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, Soliq qo‘mitasi mutaxassislar bilan birgalikda foyda solig‘i va QQS hisob-kitobini yengillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqmoqda. «Kichik biznes orasida QQS va foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlarni topshirishda soddalashtirilgan tartibga ehtiyoj bor. Bu yo‘nalishda ish olib bormoqdamiz va takliflar tayyor bo‘lganda ularni e’lon qilamiz», — dedi Qudbiyev. Ayni paytda, korxonalarda hisob-kitob tizimini soddalashtirish orqali biznesning «soyada» emas, ochiq faoliyat yuritishiga yo‘l ochish maqsad qilinayotgani ta’kidlanmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda foyda solig‘i va QQS bo‘yicha soliq to‘lash tartibi soddalashtirilishi mumkin | Vaqt.uz