Logo

O‘zbekistonda go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi

Bugun 20:281 daqiqa

Go‘sht narxi oshgani munosabati bilan import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.

O‘zbekistonda go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi hamda go‘sht narxi oshgani munosabati bilan import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda bugun, 21-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari chorvachilikdagi haqiqiy holatni ko‘rsatib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, ilgari e’lon qilingan raqamlarga nisbatan qoramollar soni 2,1 million boshga, qo‘y va echkilar soni 1,5 million boshga kam chiqqan.

Birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zida qoramollar 171 ming boshga, qo‘y va echkilar 288 ming boshga kamligi aniqlangan. Bu mazkur viloyat hisobidan bozorga 50 ming tonna go‘sht va 120 million litr sut chiqmasligini anglatadi.

Chorvachilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltiriladi. May oyida Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 1 trillion so‘m ajratilgan bo‘lib, bunga qo‘shimcha ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan yana 50 million dollar berilishi belgilandi.

Mazkur mablag‘lar hisobidan chorva kompleksi tashkil etishga 5 milliard so‘mgacha, naslli qoramolchilik uchun esa 20 milliard so‘mgacha 10 foizli kredit ajratiladi. Shuningdek, mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar chetdan 100 ming bosh qoramol va 150 ming bosh qo‘y-echki olib kelish vazifasi qo‘yildi.

Teglar

Mavzuga oid