O‘zbekistonda hafta davomida harorat +38 darajagacha ko‘tariladi
O‘zgidromet 4-8-may kunlari respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
© vaqt.uzHafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati ko‘tarilib boradi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni kunduzi respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati +23...+26 daraja bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +27...+32 darajagacha ko‘tariladi.
5-7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari +17...+20 darajagacha, kunduz kunlari +32...+35 darajagacha, janubda +38 darajagacha ko‘tariladi.
6-7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5-may va 8-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi, 5-8-mayda asta-sekin +30...+35 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 8-mayda shamol tezligi 10-12 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.





