O‘zbekistonda harorat +45 darajagacha ko‘tariladi
Kelayotgan haftada respublika hududlarining ba’zi joylarida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda havo bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.
© vaqt.uzO‘zgidromet agentligi kelayotgan hafta oralig‘idagi ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-iyulda kechasi +17-22 daraja, kunduzi +31-36 daraja, 6-12-iyulda kechasi +20-25 daraja bo‘ladi, kunduzi +35-40 darajagacha ko‘tariladi.
Bo‘xoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-iyulda kechasi +20-25 daraja, kunduzi +32-37 daraja, 6-12-iyulda kechasi +22-27 daraja bo‘ladi, kunduzi +38-43 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-iyulda +20-25 daraja, 6-12-iyulda +22-27 daraja, kunduzi 5-7-iyulda +33-38 daraja, 8-12-iyulda +35-40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s, faqat 6-iyulda 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-iyulda kechasi +20-25 daraja, kunduzi +34-39 daraja, 6-12-iyulda kechasi +22-27 daraja bo‘ladi, kunduzi +40-45 darajagacha isiydi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-iyulda kechasi +18-23 daraja, kunduzi +30-35 daraja, 6-12-iyulda kechasi +20-25 daraja bo‘ladi, kunduzi +35-40 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-iyulda kechasi +12-17 daraja, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi, 6-12-iyulda kechasi +17-22 daraja, kunduzi +25-30 daraja iliq bo‘ladi.





