add

O‘zbekistonda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi ma’lum qilindi

28.07.2025 | 09:4027503

2025 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 81,5 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Biroq, Qashqadaryo viloyati ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng past o‘rinni egallab turibdi — bu hududda aholining faqat 61,2 foizi ichimlik suviga ega.

O‘zbekistonda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi ma’lum qilindi
«O‘zsuvta’minot» axborot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 81,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich yurtimizda ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar samarasi sifatida baholanmoqda. Toshkent shahri 98,4 foiz bilan mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Sirdaryo (87,7 foiz), Namangan (87 foiz) va Andijon (92 foiz) viloyatlari qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida kuzatildi — bu yerda aholining atigi 61,2 foizi markazlashgan ichimlik suvidan foydalanmoqda. 2025 yil boshlarida ham Qashqadaryo mamlakatda so‘nggi o‘rinda bo‘lgan. Surxondaryo (66,5 foiz) va Buxoro (74,3 foiz) viloyatlarida ham aholining katta qismi suv ta’minotidan yetarlicha bahramand emas. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida hukumat tomonidan 35 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yilda 1619 km ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Ma’lumot uchun, ichimlik suvi sifatli bo‘lishi uchun davlat standarti — O‘zDSt 951:2011 talablariga to‘liq javob berishi, xavfsizligi va laboratoriya sinovlaridan o‘tganligi shart. Sifat talablariga javob bermaydigan manbalardagi suvlar esa maxsus inshootlarda tozalanadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi ma’lum qilindi | Vaqt.uz